Rossiyalik bokschi Sergey Kovalyov 4 yilga qamalishi mumkin

Foto: REUTERS
Yarim og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyov AQShda ayolni do‘pposlashda ayblanmoqda.
Voqea iyun boshida yuz bergan. Jabrlanuvchi ayolning aytishicha, bokschi bir bazmda unga xushomad qilgan, biroq rad javobini olgach, ayolga nisbatan kuch ishlatgan. Oqibatda ayolning burni singan, miyasi chayqalgan va bo‘yin diski siljigan.
Politsiya bokschini darhol qo‘lga olgan. Dastlabki sud jarayonida rossiyalik aybini tan olmagan. Keyingi sud jarayoni mart oyiga ko‘chirilgan. Kovalyov ushbu qilmish uchun 4 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Rossiyalik professional ringda 36 ta jang o‘tkazib, 32 tasida g‘alaba qozongan. Kovalyov so‘nggi jangida kolumbiyalik Eleyder Alvaresga mag‘lub bo‘lib, WBO chempionlik kamarini boy bergan. Fevralda uning Alvaresga qarshi revansh jangi o‘tkazishi belgilangan.
Mavzuga oid

19:30
Mask Trampni obro‘sizlantiruvchi postini o‘chirib tashladi

16:03
AQSh sudi Harvard xalqaro talabalari uchun viza cheklovini vaqtincha to‘xtatdi

13:44
AQSh Ta’lim vazirligi Kolumbiya universiteti akkreditatsiyasini bekor qildi

11:52