Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda 2018 yilda o‘n mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi va jarohatlandi

Foto: AP Photo/Massoud Hossaini
2018 yilda Afg‘onistondagi nizolar oqibatida 10 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi va jarohatlandi. Bu haqda Human Righs Watch tashkilotining rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Hisobotda aytilishicha, o‘tgan yilning oktyabrida mamlakatdagi parlament saylovlari o‘tkazilgan kunlari 400dan ortiq kishi halok bo‘lgan yoki jarohatlangan.
Tashkilotning ma'lumotiga ko‘ra, 2018 yilda Afg‘onistonda 14 nafar jurnalist halok bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, o‘tgan yili AQSh va Afg‘oniston HHK aviazarbalari natijasida 600dan ortiq kishi halok bo‘lgan yoki jarohatlangan bo‘lib, ularning 60%i ayollar va bolalardir.
Hisobotda qayd etilishicha, "Viloyat Xuroson" jangari guruhi Afg‘onistondagi shialar jamoatchiligiga qarshi 2018 yil davomida ko‘plab xurujlarni amalga oshirgan. Shuningdek, toliblarning hujumlari oqibatida yuzlab tinch aholi o‘ldirilgan va yarador bo‘lgan.
Mavzuga oid

07:51 / 21.07.2025
Germaniyadan bir yil ichida ikkinchi deportatsiya reysi Kobulga uchib ketdi

18:41 / 18.07.2025
O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida Transafg‘on temir-yo‘li bo‘yicha bitim imzolandi

12:15 / 18.07.2025
Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi bilan uchrashdi

16:42 / 14.07.2025