O‘zbekiston Qirg‘izistonga barcha turdagi yuklarni olib o‘tish uchun chegirmalar taqdim etdi

Foto: amc
O‘zbekiston Qirg‘izistonga barcha turdagi yuklarni tashish bo‘yicha chegirmalar taqdim etdi. Bu haqda «Kirgiz temir jolu» matbuot xizmati xabar berdi.
«Kirgiz temir jolu» milliy kompaniyasi Janubiy bo‘linmasi stansiyalaridan/stansiyalariga yo‘nalishlar bo‘yicha 2019 yil uchun O‘zbekiston hududi orqali yuklarni tranzit tashish bo‘yicha amaldagi 30 foizlik chegirma saqlab qolingan.
Bundan tashqari, 2019 yilga alohida tranzit uchastkalari bo‘yicha 35 foizdan 40 foizgacha bo‘lgan miqdorda chegirmalar taqdim etildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston temir yo‘llarni isloh qilish uchun Deutsche Bahn’ni jalb qilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid

20:30 / 17.04.2025
Qirg‘iziston sobiq prezidentiga sud hukmi o‘qildi

18:56 / 17.04.2025
Rossiya TIV Moskvada Qirg‘iziston fuqarolari tahqirlanganiga izoh berdi

13:40 / 16.04.2025
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarada erkin savdo zonalari tashkil etishni rejalashtirmoqda

16:50 / 15.04.2025