Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp shatdaun tufayli Davos forumini o‘tkazib yuborishi mumkin

Foto: AP
Oq uy ma'muriyati AQSh prezidenti Donald Trampning Davosdagi Butunjahon iqtisodiy forumiga tashrif buyurmasligi bo‘yicha ssenariyni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal rasmiy shaxslarga tayangan holda xabar berdi.
Qayd etilishicha, Trampning Davosga tashrifini bekor qilish masalasi shatdaun 22 yanvargacha to‘xtamasa, hal etiladi.
Gazetadan eslatishlaricha, bu sanagacha 800 mingga yaqin davlat xizmatchisi 32 kun ichida maosh olmagan bo‘lib chiqadi. Shuningdek, federal idoralarning aksariyati faqatgina qisman ishlashda davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShdagi shatdaun tarixdagi eng uzog‘i bo‘lishi mumkin ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

22:06 / 02.12.2024
Tramp va qudalar: yahudiy quda elchi, livanlik quda maslahatchi bo‘ladi

11:30 / 23.09.2024
AQSh Kongressida shatdaunning oldini olish uchun loyiha taqdim etildi

09:02 / 09.03.2024
AQSh qisman shatdaunning oldini olishga muvaffaq bo‘ldi

10:30 / 17.01.2024