Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Credit Suisse bankining uch nafar sobiq xodimi 2 mlrd dollarni o‘zlashtirishda ayblanmoqda

Foto: AFP 2018 / Fabrice Coffrini
AQSh prokuraturasi Credit Suisse bankining uch nafar sobiq xodimini 2 milliard dollarni tovlamachilik bilan o‘zlashtirishda aybladi. Ular Amerika hukumatining so‘roviga asosan Londonda qo‘lga olingan, deb xabar berdi Financial Times nashri.
Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar Endryu Pirs, Surjan Singx va Detelina Subeva bo‘lib, garov evaziga ozodlikka chiqarilgan. Ammo AQSh ularni zudlik bilan ekstraditsiya qilishni talab qilmoqda.
Ayblov e'lon qilinishiga 2017 yilda AQSh adliya vazirligi va FQB Mozambikning davlat qarzi bilan bog‘liq mojaro ortidan Shveytsariyaning Credit Suisse Group, Rossiyaning VTB va Fransiyaning BNP Paribas banklariga nisbatan ochgan ishi sabab bo‘lgan.
Avvalroq Janubiy Afrikada xuddi shu ish bo‘yicha Mozambik sobiq moliya vaziri Manuel Chang qo‘lga olingandi.
Chang va bank xodimlari «o‘z shaxsiy manfaatlarini niqoblash maqsadida dengiz loyihalarini tuzishgan va kredit mablag‘larini o‘zaro bo‘lishib olishgan», deyiladi nashr xabarida.
Mavzuga oid

14:47 / 09.07.2025
Farhod ko‘chasidagi avtomobil ehtiyot qismlari bozorida jinoiy guruh a’zolari ushlandi

10:10 / 04.04.2025
Tasvirga olish uchun rozilik olish talabi OAV faoliyatiga qanday ta’sir qiladi? Adliya vazirligi izohi

11:42 / 23.01.2025
Mashhur oshxona brendlarini shantaj qilib, pul undirishda gumonlanayotgan 3 kishi qo‘lga olindi

17:00 / 09.08.2024