Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi davlatlar BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a'zolariga aylandi

Foto: AP
Belgiya, Dominikan Respublikasi, Germaniya, Indoneziya va JAR BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a'zolariga aylandi.
Ushbu davlatlarning BMT Xavfsizlik kengashi doimiy bo‘lmagan a'zolari sifatidagi vakolat muddati ikki yilni tashkil qiladi (2019-2020 yillar).
BMT butun tarixida Xavfsizlik kengashiga a'zo bo‘lmagan Dominikan Respublikasi butunjahon tashkilotining bu tuzilmasida raislik qila boshladi.
Germaniya va Belgiya oltinchi marta BMT XKning doimiy bo‘lmagan a'zolariga aylandi, JAR - uchinchi marta, Indoneziya - beshinchi.
BMT Xavfsizlik kengashi tarkibiga 15ta davlat kiradi - beshta doimiy a'zo va 10ta doimiy bo‘lmagan, tashkilot Bosh assambleyasi tomonidan ikki yil muddatga saylanadigan.
BMT XKning doimiy a'zolari AQSh, Xitoy, Rossiya, Buyuk Britaniya va Fransiya hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning BMT byudjyetidagi ulushi ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid

11:06
BMT: Isroilning G‘azoga insonparvarlik yordamini bloklashi hayot uchun xavf tug‘dirmoqda

08:15
BMT qarorgohida Falastin bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

13:45 / 11.07.2025
BMT: Ukrainada iyunda tinch aholi orasida qurbonlar soni eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi

16:54 / 08.07.2025