Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obektlarini muhofaza qilish qoidalari tasdiqlandi

Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obektlarini muhofaza qilish, shuningdek, qizil liniyalarga tutashgan zonalarda va obektlarning muhofaza zonalarida obektlar qurilishidagn mezonlar va cheklashlarni aniqlash tartibini tartibga soluvchi talablarni aktuallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan elektr tarmog‘i xo‘jaligi obektlarini muhofaza qilish qoidalari tasdiqlandi.
Tasdiqlangan qoidalarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar elektr tarmog‘i xo‘jaligi obektlari joylashgan joylarda ishlarni amalga oshirayotgan o‘zlariga qarashli korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni ta'minlashi belgilab qo‘yildi.
Ushbu qaror rasmiy e'lon qilingan kunidan boshlab uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mavzuga oid

14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi

10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi

13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi

13:31 / 29.04.2025