22:45 / 19.12.2018
15545

Pogba jazolandi - «MYu»da vaziyat hamon notinch

«Manchester Yunayted» klubi yarimhimoyachi Pol Pogbani jazolashga qaror qildi, deb xabar beradi Daily Mail.

Avvalroq, Joze Mourino iste'foga chiqarilgach, Pogba instagram sahifasiga istehzo bilan tirjayib turgan fotosuratini joylashtirgan edi. Keyinchalik, futbolchi suratni o‘chirib tashlagan bo‘lsa-da, muxlislar uni murabbiyning iste'fosidan xursand ekani haqida gumon qilishdi. Shundan so‘ng, ingliz klubi Pogbaning bu qilig‘ini hurmatsizlik va noo‘rin deb topib, uni jarimaga tortdi.

Qayd qilish joizki, Mourino va Pogbaning munosabatlari yaxshi emasligi haqidagi xabarlar bir necha oydan beri tarqalib kelayotgan edi.

Mavzuga oid
Top