Shakar iste'molini cheklasangiz nima bo‘ladi?
Tibbiyot xodimlari shakarni ko‘p miqdorda iste'mol qilish odamning holatiga salbiy ta'sir qilishi haqida aytishadi. Shifokorlar shakar iste'molini 50 foizga kamaytirib organizm faoliyatidagi ilk o‘zgarishlarni sezish mumkin deb hisoblaydilar.

Quvvatning ortishi
Qondagi qand miqdorining ko‘pligi nafaqat qandli diabetni keltirib chiqaradi, balki moddalar almashinuvi jarayonining buzilishiga ham olib kelishi ilmiy jihatdan isbotlangan. Bu holatda ishlab chiqarilgan toksinlar organizmni zaharlaydi va siz o‘zingizni kunning yarmida charchagan holda his etasiz.
Tana vaznining normallashuvi
Tarkibida shakar bo‘lgan yuqori kaloriyali taomlar iste'molini kamaytirib, asta-sekin ortiqcha vazndan xalos bo‘lasiz.

Ichaklar yaxshiroq ishlaydi
Ovqatlarda iste'mol etiladigan shirinliklar ichaklarda hazm bo‘ladi. Shakar uning faoliyatini buzadi, shuning uchun ich kelishi bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi. Kletchatkaga boy mahsulotlarni ko‘proq iste'mol qiling: karam, suli, dukkaklilar. Oshqozoningiz va ichaklar soat kabi ishlashni boshlaydi.
Ishtaha normallashadi
Odam qancha ko‘p shirinlik iste'mol qilsa, yanada ko‘proq ovqat yeyishni istaydi. Miya “huzur” gormonini ishlab chiqaradi va siz navbatdagi konfetni yeyishni istaysiz. Agar uni yeyishni bas qilsangiz, vaqt o‘tishi bilan shirinlik iste'mol qilish istagi kamayadi.

Mahsulotlar ta'mi o‘zgaradi
Agar choy yoki qahvani shakar bilan ichsangiz, ushbu ichimliklarning haqiqiy ta'mini bilmaysiz. Choy yoki qahvani shakarsiz ichib ko‘ring, ularning mazasi umuman boshqacha ekanini tushunasiz.
Siz shakar iste'molini kamaytirishga harakat qilib ko‘rganmisiz?
Mavzuga oid

10:32 / 24.03.2025
Maktablar atrofida noma’lum shaxslar o‘quvchilarga xavfli shirinlik tarqatayotgani aytilmoqda

14:27 / 09.12.2024
Misr O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarish korxonasini quradi

15:55 / 05.11.2024
Homiladorlikda shakar iste’moli kamaytirilsa, bola ulg‘ayganda qandli diabetga chalinish xavfi pasayadi - tadqiqot

13:55 / 09.10.2024