Britaniya boy jinoyatchilar tufayli investitsion vizalar berishni to‘xtatdi

Foto: REUTERS/Toby Melville/File Photo
Britaniya hukumati yil oxirigacha investitsion vizalar berishni to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda The Times yozmoqda.
Birinchi darajadagi investitsiya vizalari (Tier 1) shuni nazarda tutadiki, bunda chet ellik fuqarolar qimmatli qog‘ozlar, davlat bondlari yoki Britaniya biznesiga millionlab funt mablag‘ yo‘naltiradi, evaziga esa yashash uchun ruxsatnoma olishadi, keyinchalik u Britaniya fuqaroligini olish uchun asos bo‘ladi. Chet elliklar 2, 5 yoki 10 million funt sterling yo‘naltirishi mumkin, bu mos ravishda besh, uch yoki ikki yilga mamlakat hududida yashash uchun ruxsatnoma olish imkonini beradi.
Ushbu tizim tanqidchilarining fikricha, Britaniya investitsion vizalari ko‘pincha pul yuvish uchun ishlatiladi. Immigratsiya vaziri Kerolayn Nouks qayd etishicha, Britaniya «qoidalar asosida o‘ynamaydigan» odamlarga «toqat qilish» niyatida emas. U viza berish jarayoni yanada qat'iylashtirilishi haqida ma'lum qildi.
Yangi yildan boshlab, investitsion vizaga da'vogarlik qiluvchi shaxslar Britaniyadagi o‘z biznes manfaatlarini ifoda etishi, kompaniyalar esa investorlar holatini auditdan o‘tkazishi kerak bo‘ladi. Shuningdek, murojaat etuvchilar ikki yil davomida investitsiya mablag‘lariga ega bo‘lganliklarini isbotlashlari zarur. Bundan tashqari, arizachilarga davlat bondlariga investitsiya kiritish taqiqlab qo‘yiladi.
2017 yil sentabrdan 2018 yil sentabrgacha 361 kishi shunday vizalarni oldi, ularning aksariyati Xitoy (115) va Rossiya (38) fuqarolari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq NYT Tereza Mey Brexit mashmashasi tufayli nimaga duch kelishi mumkinligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

00:21 / 07.06.2025
Buyuk Britaniyada 700 yil oldin amalga oshirilgan qotillik fosh etildi

20:14 / 06.06.2025
Qozog‘iston harbiylari Buyuk Britaniyada tayyorgarlikdan o‘tadi

22:15 / 03.06.2025
Britaniya Abramovichdan «Chelsi»ni sotishdan tushgan mablag‘ni Ukrainaga berishni talab qildi

18:41 / 02.06.2025