Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda toliblar 40 kishini o‘g‘irlab ketdi

“Tolibon” harakati jangarilari Afg‘oniston shimolida kamida 40 fuqaroni o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda Tolo News telekanali ma'lum qildi.
Samangan viloyati vakili Muhammad Munir Rahimiyning aytishicha, hujum 2 dekabr ertalab Daryosuf tumanidagi qishloqda yuz bergan. Rahimiy garovga olingan odamlarni qutqarish bo‘yicha operatsiya olib borilayotganini ma'lum qilgan.
Telekanalning ma'lum qilishicha, bu yo‘l orqali yuk mashinalarida Daryosufdagi konlardan Afg‘onistonning turli shaharlaridagi bozorlarga ko‘mir tashiladi.
27 noyabrda “Pajvak” axborot agentligi toliblar Afg‘oniston shimolida 25 kishini o‘g‘irlab ketganini ma'lum qilgandi. Odamlar Sari-Pul-Balx magistralida ikkita transport vositasida bo‘lgan. Politsiyaning ma'lum qilishicha, o‘g‘irlangan odamlarning hozirgi taqdiri noma'lumligicha qolmoqda.
Mavzuga oid

07:51 / 21.07.2025
Germaniyadan bir yil ichida ikkinchi deportatsiya reysi Kobulga uchib ketdi

18:41 / 18.07.2025
O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida Transafg‘on temir-yo‘li bo‘yicha bitim imzolandi

12:15 / 18.07.2025
Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi bilan uchrashdi

16:42 / 14.07.2025