Sport | 16:50 / 27.11.2018
15793
2 daqiqa o‘qiladi

Bikmayev golni nishonlashdagi odobsizligi uchun uzr so‘radi

«Lokomotiv» hujumchisi Marat Bikmayev kecha «Paxtakor»ga qarshi kechgan o‘yinda kiritgan ikkinchi golini ehtirosli tarzda nishonlagani uchun muxlislardan kechirim so‘radi.

«O‘zbek futbolining hurmatli muxlislari va «Paxtakor» ishqibozlari! «Paxtakor» darvozasiga urgan golimni bunday nishonlaganim uchun uzr so‘rashni istayapman. Bu anglashilmovchilik bo‘lgan edi. Men hech kimni xafa qilishni istamagandim, hech kimni haqorat qilishni xohlamagandim, ishoning.

Futbolda hamma narsa bo‘ladi. Hissiyotlar jo‘sh urayotgan, qizg‘inlik eng yuqori nuqtasiga yetgan, adrenalinni ushlab qolish ilojsiz edi. Shunchaki o‘zimni ushlab qola olmadim. Es-hushim joyida va hammasini tushunib turibman, bahonam yo‘q, qo‘shilaman!!! Mendan xafa bo‘lmasliklari uchun yana bir marta kechirim so‘rashni istayman.

P.S. Men haqimda boshqa ig‘vo qilmasliklariga umid qilaman», - deb yozdi Bikmayev Instagram sahifasida.

Qayd etish kerak, hujumchi faqat golni nishonlash tarzi uchun uzr so‘ragan bo‘lib, PFL e'tiroziga sabab bo‘lgan va ko‘rib chiqilishi va'da qilingan qo‘l ishorasi haqida og‘iz ochmagan.

Mavzuga oid