Jizzaxda olti kishi is gazidan zaharlandi

Illyustrativ foto
2018 yil 20 noyabr kuni Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida yashovchi D.U. (ayol) uyida qo‘lbola isitish pechiga ulangan tabiiy gazni yoqib nazoratsiz qoldirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, oqibatda gaz o‘chib qolib, undan sizib chiqqan is gazidan o‘zi, qizi va uyida mehmonda bo‘lgan 4 nafar qarindoshlari zaharlangan.
Ularga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilib, uylariga ruxsat berilgan.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda is gazi sababli yana bir kishi vafot etgandi.
Mavzuga oid

20:05 / 09.04.2025
Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

12:03 / 04.04.2025
Qo‘qonda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan zaharlanib, vafot etdi

17:01 / 28.03.2025
Jizzaxda haydovchi yoqilg‘i baki qopqog‘ini yopmagani uchun zapravka xodimini kaltakladi

12:04 / 28.03.2025