Hindistonda avtobusning jarlikka qulashi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi

Hindiston shimolida avtobusning jarlikka qulashi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi. Jarohat olganlar 13 kishini tashkil qilgan.
Halokat Uttarakxand shtatida yuz bergan. Avtobus haydovchisi tog‘ yo‘lining qiyin qismida boshqaruvni qo‘ldan chiqargan. Oqibatda mashina chuqurligi 150 metrga yaqin bo‘lgan daraga tushib ketgan.
Ayni vaqtda qutqaruvchilar mahalliy aholi yordamida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar evakuatsiyasini o‘tkazishmoqda.
Mavzuga oid

09:01 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar

15:04 / 29.06.2025
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

08:21 / 28.06.2025
Hindiston ShHT qo‘shma deklaratsiyasini imzolashdan bosh tortdi

15:06 / 27.06.2025