Turizm: Eng samarali biznes loyihalar tanlovi haqida e'lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi yoshlarning turizm sohasidagi biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, samarali biznes-rejalarni amalga oshirishda yaqindan ko‘maklashish maqsadida yoshlar o‘rtasida turizm sohasidagi eng samarali biznes loyihalar tanlovini e'lon qiladi.
Qo‘mita matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, tanlovda oliy ma'lumotga ega bo‘lgan, oliy ta'lim muassasasini oxirgi uch yil davomida bitirgan va turizm sohasida o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.
Tanlov ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda biznes loyihalar tanlov komissiyasiga yuboriladi va ko‘rib chiqiladi. Ikkinchi bosqich joriy yilning 20 dekabridan boshlanib, birinchi bosqich yakuni bo‘yicha saralab olingan ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkaziladi. Unda ishtirokchilar o‘z biznes loyihalarini tanlov komissiyasiga taqdim etishadi.
Tanlov mezonlari asosida g‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish uchun Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tegishli shartlar asosida eng kam ish haqining 250 (ikki yuz ellik) barobarigacha bo‘lgan miqdorda pul mukofotlari ajratiladi.
Shuningdek, loyiha samaradorligini ta'minlash maqsadida tanlov g‘oliblari O‘zbekiston-Yaponiya markazi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tashkil etiladigan turizm sohasida biznes yuritish va boshqarish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarida ta'lim olish imkoniga ega bo‘lishadi.
Hujjatlar (ariza, biznes loyiha haqidagi batafsil ma'lumot va biznes-reja)ni joriy yilning 1 dekabriga qadar (o‘zbek, rus, ingliz tillaridan birida) Toshkent shahri, Istiqlol ko‘chasi, 47-uy yoki tanlov@uzbektourism.uz ; elektron manziliga yuborish mumkin.
Mavzuga oid

12:07 / 11.04.2025
Turizm sohasida yangi vazifalar belgilandi. Avvalgi topshiriqlar ijrosi qoniqarlimi?

16:37 / 09.04.2025
Prezident zamonaviy turizm marshrutlarini tashkil etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi

15:48 / 09.04.2025
«Sayyohlar yo‘llar ahvolidan norozi» - mutasaddilarga «turizm halqasi»ga kirgan yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha ishlarni boshlash topshirildi

20:55 / 31.03.2025