«Barselona» bosh murabbiy bilan hamkorlikni uzaytirdi

Foto: AFP
«Barselona» bosh murabbiy Ernesto Valverde bilan imzolangan shartnomani 2020 yilgacha uzaytirdi. Bu haqda klub prezidenti Xosep Bartomeu xabar berdi.
«Valverde shartnomasi ushbu va keyingi mavsumda amal qiladi. Ammo, u yoki klub kompensatsiya to‘lovi orqali shartnomani bekor qilishi mumkin. Hozircha u 2019/20 mavsumi yakunigacha biz bilan ishlaydi.
Ernesto o‘z ishini yaxshi bajarmoqda. Birinchi mavsum zo‘r bo‘ldi, faqat Rimdagi mag‘lubiyat ko‘ngilni xira qildi. Jamoamizda yaxshi futbolchilar to‘plangan. U aqlli murabbiy, unda o‘yin modeli va tarkibi bo‘yicha aniq pozitsiya bor», - deb Bartomeu so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo.
Mavzuga oid

10:13 / 16.04.2025
«Barsa»da yilning eng yomon o‘yini, «PSJ» ham zo‘rg‘a yarimfinalga chiqdi

12:08 / 13.04.2025
«Siti»da superkambek, «Barsa» nursiz o‘yinida ham g‘alaba qozondi. Kun o‘yinlari

02:04 / 10.04.2025
«Barselona» «Borussiya»ga 4 ta gol urdi, «PSJ»da ham ishonchli g‘alaba

12:41 / 06.04.2025