Toshkentda yangi kinochilar oliygohi tashkil etiladi
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 8ta oliygohning filiali, 22ta qo‘shma fakultet, 46ta ikki tomonlama qo‘shma dasturlarni joriy qilish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Shuningdek, 1000 nafardan ortiq xorijiy mutaxassisni O‘zbekistondagi oliygohlarida pedagogik va ilmiy faoliyatga jalb etishga erishilgan. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'limi vazirining birinchi o‘rinbosari Odil Abdurahmonov ma'lum qildi.
17 oktabr kuni «O‘zbekiston-Rossiya ta'lim forumi»ga bag‘ishlab tashkil etilgan matbuot anjumanida vazir o‘rinbosari O‘zbekistonda faoliyati tashkil etilishi kutilayotgan oliygohlar haqida ma'lumot berdi. Unga ko‘ra, bular orasida «Moskva muhandislik-fizika instituti» milliy tadqiqotlar yadro universiteti» federal davlat avtonom OTM filialini tashkil etish ham nazarda tutilgan.
Bundan avval, Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov18-19 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Rossiya ta'lim forumi sessiyalari doirasida umumiy hisobda 127ta kelishuv imzolanishi kutilayotgani haqida xabar bergandi.
Ma'lum qilinishicha, Toshkent shahrida Rossiyaning yetakchi oliygohlaridan biri Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti ("MGIMO") filialini tashkil qilish, Toshkent kimyo-texnologiya instituti bazasida esa Rossiyaning D.I.Mendeleyev nomidagi kimyo-texnologiya universiteti filialini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Forum doirasida shunga doir hujjatlar imzolanadi. Bundan tashqari, Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti bilan Toshkent shahrida filial tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Ma'lumot uchun, 2018/19 o‘quv yilida 13ta yangi oliy ta'lim muassasasi tashkil etilgan bo‘lib, shundan 3tasi nufuzli xorijiy oliy ta'lim muassasalari filialidir. Iqtisodiyotning real sektorlarida mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib 66ta zamonaviy ta'lim yo‘nalishi va 48ta magistratura mutaxassisligida kadrlar tayyorlanmoqda.
Mavzuga oid

14:54 / 17.05.2024
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning top oliygohi olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda

16:35 / 15.04.2024
O‘zbekiston–Tojikiston oliygohlari rektorlari 2-forumi o‘tkazildi

08:03 / 16.09.2023
Eng nufuzli 500 ta oliygohga grant asosida o‘qishga kirganlarning xarajati qoplab beriladi

19:57 / 18.11.2021