Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston keng ko‘lamli xususiylashtirish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rayotgani ma'lum bo‘ldi

Foto: UzReport
O‘zbekiston iqtisodiyotning eng yirik tarmoqlarini xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deya ma'lum qildi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, respublika Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori Shuhrat Vafoyev.
«Biz strategik sektorlarimizni xususiylashtirishni boshlash borasida jiddiy ishlamoqdamiz», - deya ma'lum qildi u chorshanba kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan biznes-forumda.
Vafoyevning xabar berishicha, aviatsiya, energetika, kimyo sanoati va telekommunikatsiya sohasi xususiylashtiriladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, xususiylashtirish garchi investorlar uchun yangi imkoniyatlar ochsa-da, jarayon muayyan qiyinchiliklarga ham ega.
«Davlat korxonalarini qayta tuzish - biz uchun ustuvor vazifa», - deya ta'kidlab o‘tdi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Reuters mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Suhrob Xolmurodov va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi vakili Sardor Sa'dullayevga tayangan holda O‘zbekiston «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning xususiylashtirilishiga tayyor ekani, ammo oltin konlari va neft qazib olish ustidan nazoratni saqlab qolishni rejalashtirayotgani xabar berilgandi.
«Biz davlat nazorati ostida ushlab turilishi zarur bo‘lgan asosiy soha sifatida, asosan, oltin qazib olish va asosiy neft shirkatimizni ko‘rmoqdamiz», - degandi Sa'dullayev YeTTBning Iordaniyada bo‘lib o‘tgan har yillik yig‘ilishida.
Mavzuga oid

15:49 / 07.07.2025
Bolalar soni eng kam bo‘lgan mamlakatlar ma’lum qilindi

15:47 / 07.07.2025
Yarim yillik yakunlari: O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,7-6,8 foiz o‘sishi kutilmoqda

20:14 / 03.07.2025
Qirg‘iziston aholi daromadlarining o‘sishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘ringa chiqdi. Nimaning hisobiga?

09:34 / 28.06.2025