14:41 / 03.10.2018
5442

Pogba «PSJ»ga o‘tishi mumkin

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Pol Pogba yanvarda jamoani tark etmoqchi.

The Sun xabariga ko‘ra, fransiyalik futbolchi bosh murabbiy Joze Mourino bilan munosabatlari yomonlashgani tufayli, klub tarkibida to‘p tepishni istamayapti. Pogba «Manchester Yunayted» rahbariyatidan boshqa jamoaga qo‘yib yuborishlarini so‘ramoqda.

Vaziyatdan «PSJ» klubi foydalanib qolmoqchi va Pogbani tarkibiga taklif qilishni rejalashtirmoqda. Parijliklar futbolchining transferi uchun 70 million yevro berishga tayyor.

Top