"Devis kubogi". Bugun O‘zbekiston Buyuk Britaniyaga qarshi o‘yinlarni boshlaydi

Foto: Clive Brunskill/Getty Images Europe
Bugun tennis bo‘yicha "Devis Kubogi" musobaqasida pley-off bahslari boshlanadi. O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari jahon ligasiga chiqish uchun britaniyalik tennischilarga qarshi kortga chiqadilar.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 14-16 sentabr kunlari o‘tkaziladigan uchrashuvlar uchun O‘zbekiston terma jamoasiga quyidagi tennischilar jalb qilingan:
Denis Istomin (jahon reytingidagi o‘rni - 60)
Jo‘rabek Karimov (434)
Sanjar Fayziyev (516)
Humoyun Sultonov (536)
Farruh Do‘stov (1086).
O‘yinlar bugun start oladi. Toshkent vaqti bilan soat 17:00da O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin mezbonlarning ikkinchi raketkasi Daniel Evansga qarshi kortga chiqadi. Ushbu uchrashuv yakunlangach, mezbonlarning birinchi raketkasi Kemeron Norri bizning ikkinchi raqamli tennischimiz Jo‘rabek Karimov bilan hisob-kitob qiladi.
Ertaga juftlik bahslari o‘tkaziladi. Hozircha terma jamoa sardori Pyotr Lebed ushbu bahsga Denis Istomin va Sanjar Fayziyevni ro‘yxatdan o‘tkazgan. Bugungi uchrashuvlarga qarab, juftlik bellashuvlarida o‘zgarish bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid

00:21 / 07.06.2025
Buyuk Britaniyada 700 yil oldin amalga oshirilgan qotillik fosh etildi

20:14 / 06.06.2025
Qozog‘iston harbiylari Buyuk Britaniyada tayyorgarlikdan o‘tadi

22:15 / 03.06.2025
Britaniya Abramovichdan «Chelsi»ni sotishdan tushgan mablag‘ni Ukrainaga berishni talab qildi

18:41 / 02.06.2025