Skripallarni zaharlagan shaxslar tasvirlangan video paydo bo‘ldi
Britaniya hukumati tomonidan «Novichok» asab-falajlovchi modda yordamida hujum sodir etganlikda ayblanayotgan rossiyalik Aleksandr Petrov va Ruslan Boshirov Solsberidagi antiqa narsalar bilan savdo qiluvchi do‘kon videokuzatuv kameralariga tushib qolgan. Bu haqda Daily Mail xabar berib, videoyozuvni e'lon qildi.
Bildirilishicha, tasvirlar 4 mart, yakshanba kuni, GRU sobiq xodimi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya «Novichok» bilan zaharlanganidan bir necha daqiqa o‘tib olingan. Videoda ikki kishi do‘kon yonidan o‘tib ketishi, keyin to‘xtab, peshtaxtalarga qarashi tasvirlangan. Daily Mail’ning yozishicha, bu Petrov va Boshirov bo‘lib, ular shaharni tark etish uchun vokzalga yo‘l olishayotgan bo‘lgan. Erkaklar xotirjam va quvnoq ko‘ringan. Do‘kon egalarining ma'lum qilishicha, rossiyaliklarni peshtaxtadagi noyob tangalar to‘plami o‘ziga jalb etgan. Do‘konning o‘zi yakshanba kuni yopiq bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq London Putinni Skripallarni zaharlashda ayblagandi.
Mavzuga oid

01:01 / 17.04.2025
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda

08:59 / 15.04.2025
Britaniya razvedkasi Rossiyaning 2025 yildagi yo‘qotishlarini taxmin qildi

17:40 / 14.04.2025
Britaniyaning gumanitar yordamni qisqartirishi butun dunyo bo‘ylab 55,5 mln kishiga ta’sir qiladi

18:55 / 13.04.2025