21:15 / 28.08.2018
9888

Messi «Manchester Yunayted» futbolchisi transferini talab qilmoqda

Foto: AFP

«Barselona» sardori Lionel Messi klub rahbariyatidan transfer bozorida faol bo‘lishni talab qilmoqda.

Football Espana xabariga ko‘ra, argentinalik to‘purar 2019 yil yanvar oyida «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Pol Pogba bilan shartnoma imzolash kerak deb hisoblamoqda. Messi fikriga ko‘ra, jamoa fransiyalik futbolchini qo‘lga kiritish imkoniyatidan mahrum bo‘lmasligi lozim.

Eslatib o‘tamiz, Pogbaning «Kamp Nou»ga ko‘chib o‘tishi borasidagi mish-mishlar bir necha oydan beri tarqalmoqda. Biroq, «MYu» rahbariyati uni sotilmasligini ta'kidlashdan charchamayapti.

Mavzuga oid
Top