«Bu jurnalistika emas!» - Turkiya New York Times’ni keskin ayblab chiqdi

Foto: Anadolu
Turkiya prezidentining matbuot kotibi Ibrohim Kalin Amerikaning The New York Times gazetasida Iroqning Sinjarida turk hududida taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi ijroiya qo‘mitasi a'zosi Isroil O‘zdenning halok bo‘lishi haqida e'lon qilingan maqolani terrorizmni oqlashga urinish deb atadi. Bu haqda u tvitterdagi o‘z sahifasida yozdi.
Kalinning so‘zlariga ko‘ra, agar nashr mantig‘iga rioya qilinsa, ayrimlar uchun «Al-Qoida» terrorchilik guruhining sobiq yetakchisi Usama bin Lodin ham «qahramon» bo‘lishi kerak.
«Bu jurnalistika emas. Bu New York Times’ning Kurdiston ishchi partiyasi terrorizmini oqlashga qaratilgan qabul qilib bo‘lmas harakatidir», - deya ma'lum qildi Kalin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Turkiya bo‘yicha yangi bayonot bilan chiqqandi.
Mavzuga oid

15:56 / 15.04.2025
Istanbulda o‘zbekistonlik ayol erini o‘ldirishda gumonlanmoqda

10:49 / 14.04.2025
O‘zbekistonliklar Turkiyadagi yolg‘on ish takliflari haqida ogohlantirildi

18:12 / 12.04.2025
Istanbulning sobiq meri ustidan sud jarayoni yozga qoldirildi

18:19 / 09.04.2025