Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Obamaning maxfiy direktivasini bekor qildi

Foto: AFP
AQSh prezidenti Donald Tramp sobiq prezident Barak Obamaning mamlakat raqiblariga qarshi kiberquroldan foydalanish bo‘yicha maxfiy direktivasini bekor etishga qaror qildi. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga asosan xabar berdi.
Manbalar so‘zlariga ko‘ra, bunday direktivaning bekor qilinishi kiberhujumlarga cheklovlarni kuchsizlantiradi. Aniqlik kiritilishicha, hujjat haqida 2013 yilda AQSh Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden Buyuk Britaniya va AQSh razvedka xizmatlarining ishi haqida ma'lumotlar e'lon qilganidan keyin ma'lum bo‘ldi.
Manbalardan birining so‘zlariga ko‘ra, direktivaning bekor qilinishi «oldinga hujumkor qadam» sanaladi. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, u harbiy operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, intellektual mulkni o‘g‘irlash va saylovlarga xorijiy aralashuvning oldini oladi. Hozirda prezident ma'muriyati bekor qilingan qoidalar o‘rniga yangilarini tasdiqlaganiga oid ma'lumot yo‘q.
Mavzuga oid

07:29 / 25.07.2025
Tramp Barak Obamani davlatga xiyonatda aybladi

14:23 / 21.07.2025
AQSh Milliy razvedkasi direktori Obamani Trampga qarshi fitnada aybladi

09:59 / 07.11.2024
Sobiq prezident Obama Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi

21:36 / 26.10.2024