Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston xalqiga hamdardlik bildirdi

Foto: REUTERS
Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 avgust kuni Kobul shahridagi “Mavaud” ta'lim markazida sodir etilgan qabih terrorchilik xuruji oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Afg‘oniston xalqi va prezident Muhammad Ashraf G‘aniga hamdardlik bildirdi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, prezident marhumlarning oila a'zolari va yaqinlariga sabr-toqat, jarohatlanganlarga shifo tilagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston poytaxti g‘arbida amalga oshirilgan portlash natijasida kamida 48 kishi qurbon bo‘lgani, 67 kishi jarohatlangani xabar berilgandi. Xudkush terrorchi Dashti-Barchi tumanidagi ta'lim muassasasiga bostirib kirgan va portlash sodir etgan. Halok bo‘lganlarning deyarli barchasi talabalar. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hodisa yuz bergan joyda yuzga yaqin kishi bo‘lgan.
Mavzuga oid

21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi

15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin

17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi

17:47 / 12.05.2025