Afg‘oniston janubida AQSh aviazarbasi natijasida 19 nafar "Tolibon" jangarisi halok bo‘ldi

Foto: kun.uzAFP 2018 / Noorullah Shirzada
Afg‘onistonning Xilmend viloyatida AQSh havo kuchlarining zarbasi natijasida "Tolibon" harakatining kamida 19 nafar a'zosi yo‘q qilindi, deb xabar berdi Khaama Press agentligi mahalliy amaldorlarga asoslanib.
Xabarda aytilishicha, aviazarbalar jangarilarning Nahr Siroj tumanidagi boshpanalariga berilgan bo‘lib, hujumlar davomida ularga tegishli qurollarning bir qismi ham yo‘q qilingan.
AQSh 2001 yilda Afg‘onistonda antiterroristik harbiy operatsiya boshlagan. Keyinroq BMT Xavfsizlik kengashi ruxsati bilan mamlakatga NATO qo‘mondonligi ostidagi xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha xalqaro kuchlar kiritildi.
Mavzuga oid

20:43 / 17.04.2025
Toliblar endi Rossiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji

11:41 / 17.04.2025
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi

07:02 / 16.04.2025
Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida sezildi

20:09 / 15.04.2025