AQSh ukrainalik uch xakerning hibsga olinishiga erishdi

Foto: Pawel Kopczynski / Reuters
Ukrainaning uch nafar fuqarosi kiberhujumlar va Fin7 xakerlik guruhiga aloqadorlikda gumonlanib hibsga olindi. Ular AQSh so‘roviga ko‘ra Yevropada qo‘lga olingan. Bu haqda Amerika adliya vazirligi saytida xabar qilindi.
Ular 44 yoshli Dmitriy Fedorov, 33 yoshli Fedor Gladir va 30 yoshli Andrey Kopakov bo‘lib, biri Polsha, ikkinchisi Germaniya, uchinchisi Ispaniyada qo‘lga olingan. Gladira AQShga topshirilgan.
Vazirlikning bildirishicha, Fin7 a'zolari 2015 yildan buyon AQShdagi 100dan ortiq muassasalar, asosan restoran, mehmonxona va o‘yin muassasalari kompyuter tizimlarini buzib kirishgan. Ular mijozlarning millionlab kredit va debet kartalari raqamlarini o‘g‘irlashgan hamda uchinchi shaxslarga sotishgan. Bundan tashqari, xakerlar hujumidan Buyuk Britaniya, Avstraliya va Fransiyadagi muassasalar ham jabr ko‘rgan.
Mavzuga oid

16:03
AQSh sudi Harvard xalqaro talabalari uchun viza cheklovini vaqtincha to‘xtatdi

13:44
AQSh Ta’lim vazirligi Kolumbiya universiteti akkreditatsiyasini bekor qildi

11:52
YeI va BMT AQShni XJC sudyalariga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

09:41