6 oy ichida Xitoy bozoriga 191 million telefon yetkazib berildi

Foto: Getty Images
2018 yilning ikkinchi choragida Xitoyda ishlab chiqarilgan smartfon uyali aloqa vositalari 100 milliondan oshib ketdi. Bu haqda Sinxua xabar tarqatmoqda.
Ma'lum qilinishicha, yilning dastlabki uch oyligida «aqlli» telefonlar bozorida sezilarli ravishda tushish qayd qilingandi.
Canalys kompaniyasi taqdim etgan hisobotga ko‘ra, yilning birinchi choragida mamlakatda ishlab chiqarilgan smartfonlar 91 million dona bo‘lib, o‘tgan mos davrga nisbatan 20 foizga pasaygandi.
Ayni paytda Huawei brendi va Honor subbrendi ostida ishlab chiqarilayotgan smartfonlar Xitoy ichki bozorining 27 foizini egallagan. Ushbu ko‘rsatkich Xitoydagi eng katta ulushni bildiradi. Mamlakat fuqarolari foydalanayotgan telefonlarning 90 foizini beshta yirik kompaniya ishlab chiqaradi va bu bozorda raqobat shiddat bilan o‘sib bormoqda.
Mavzuga oid

15:22
Xitoy AQShdan suyultirilgan tabiiy gaz sotib olishni to‘xtatdi

21:05 / 18.04.2025
Xitoy josuslik va kiberhujumlar orqali Rossiyaning o‘nlab qurollaridan nusxa ko‘chirgan

22:36 / 17.04.2025
Zelenskiy Xitoyni Rossiyaga qurol yetkazib berishda aybladi

12:53 / 17.04.2025