20:20 / 25.07.2018
18306

Video: Benjamen Pavar – jahon chempionatining eng chiroyli goli muallifi

Fransiya terma jamoasi himoyachisi Benjamen Pavar JCh-2018 turnirining eng chiroyli goli muallifi deb topildi.

Jahon chempionatining 1/8 finalida Argentinaga qarshi kechgan va 4:3 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yinda ushbu 22 yoshli futbolchi jarima maydoni tashqarisidan turib to‘pni to‘xtatmasdan Armani qo‘riqlayotgan darvozaga aniq yo‘llab, hisobni tenglashtirgan, terma jamoasining 1/4 finalga yo‘l olishiga munosib hissa qo‘shgandi.

Turnirning eng yaxshi gollarini aniqlashda 18 gol nomzod bo‘ldi.

Ikkinchi o‘rinni kolumbiyalik Xuan Kintero egalladi. U guruh bosqichida Yaponiya darvozasiga jarima zarbasidan gol urgandi, uchinchi o‘rinni guruh bosqichida Argentina terma jamoasi darvozasini jarima zarbasi orqali ishg‘ol etgan Xorvatiya termasi sardori Luka Modrich egalladi.

Pavar — turnirning eng chiroyli goli muallifi bo‘lgan ilk yevropalik futbolchidir. Bunday mukofot ilk bor 2006 yilgi mundialda ta'sis etilgan.

2014 yilgi Braziliya mundialida bu sovrinni Xames Rodriges olgandi, undan avvalroq argentinalik Maksi Rodriges (2006) va urugvaylik Diyego Forlan (2010) shunday sovringa munosib topilgandi.

Mavzu
Rossiya mundiali

2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11ta shahrida 12ta stadionda JCh-2018 bo‘lib o‘tadi. Rossiya ilk bor mundialga mezbonlik qilmoqda.

Barchasi
Mavzuga oid
Top