Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda bir hafta ichida 20 dan ko‘proq odam cho‘kib ketgan plyaj yopib qo‘yildi

Foto: RIA Novosti
Misrning Iskandariya gubernatori O‘rta yer dengizi bo‘yidagi plyajlardan birini bu yerda bir hafta ichida 20 dan ko‘proq odam cho‘kib ketgandan keyin yopib qo‘yishni buyurdi.
Ma'lum qilinishicha, ushbu plyaj Al-Agma tumani yaqinida joylashgan. Mahalliy aholi sohilning bu qismini baxtsiz hodisalar ko‘p yuz berishi tufayli “o‘lim qirg‘og‘i” deb nomlashgan. Bu yerda cho‘miluvchilar murakkab va kuchli oqimlar tufayli dengizga g‘arq bo‘lmoqdalar. Bir haftaning o‘zida bu yerda 21 kishi cho‘kib ketgan.
Mahalliy aholi va sayyohlarga plyajdan foydalanish taqiqlab qo‘yilgan, shahar xizmatlariga esa odamlarning sohilga yaqinlashishini to‘liq to‘sib qo‘yish buyurilgan.
Mavzuga oid

15:56 / 25.07.2025
Misr O‘zbekistonga oliy navli urug‘lik kartoshkani bepul yetkazib beradi

15:47 / 24.07.2025
Misr O‘zbekistonda dorilar ishlab chiqarishni mahalliylashtiradi

09:25 / 11.07.2025
O‘zbekiston va Misr serhosil kartoshka navlarini yetishtirishni boshlaydi

09:03 / 03.07.2025