02:06 / 10.07.2018
15973

JCh-2018. Xorvatiya – Angliya o‘yiniga hakam tayinlandi

Foto: Getty Images

FIFA jahon chempionati 1/2 finalidan o‘rin olgan Xorvatiya va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi bahsga hakamlarni tayinladi.

O‘yinda turkiyalik Junayd Chaqir bosh hakamlik qiladi. Unga qanotlarda vatandoshlari Bahouddin Duron va Toriq O‘ngun yordamlashadi. Gollandiyalik Born Kyopers 4-hakam sifatida ishlaydi.

Xorvatiya – Angliya o‘yini 11 iyul kuni soat 23:00da boshlanadi.

Mavzu
Rossiya mundiali

2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11ta shahrida 12ta stadionda JCh-2018 bo‘lib o‘tadi. Rossiya ilk bor mundialga mezbonlik qilmoqda.

Barchasi
Top