Xitoyda odam savdogari 3 yoshli qizchani shirinlik bilan aldab o‘g‘irlab ketdi (video)
Xitoyning Ganchjou shahridagi kuzatuv kameralarida 3 yoshli qizchaning o‘g‘irlab ketilishi qayd qilindi. Motosiklda ketayotgan noma'lum erkak qizchani shirinlik bilan aldab, o‘zi bilan olib ketgan.
Videoda qizcha noma'lum erkak bilan ketishga darrov rozi bo‘lmayotganini, biroq qarshilik ham ko‘rsatmayotganini ko‘rish mumkin.
Qizchaning otasi jigarbandi yo‘qolganini aniqlagach, politsiyaga murojaat qilgan. Politsiyaga erkakni topish uchun 18 soatcha vaqt talab etilgan. Jinoyatchi ertasi kuni o‘z uyida qo‘lga olingan. Shu yerda qizcha ham topilgan, unga hech qanday jarohatlar yetkazilmagan.
Jinoyatchining aytishicha, u qizchani o‘z qizi kabi ulg‘aytirmoqchi bo‘lgan. Politsiya esa erkakning gaplari yolg‘on ekanligi va aslida u qizchani sotib yubormoqchi bo‘lganiga ishonchi komil. Ushbu ish tergov qilinmoqda.
Mavzuga oid

18:37 / 19.04.2025
Xitoyda robotlar va odamlar yugurish musobaqasida bellashdi

15:22 / 19.04.2025
Xitoy AQShdan suyultirilgan tabiiy gaz sotib olishni to‘xtatdi

21:05 / 18.04.2025
Xitoy josuslik va kiberhujumlar orqali Rossiyaning o‘nlab qurollaridan nusxa ko‘chirgan

22:36 / 17.04.2025