Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 17:46 / 09.07.2018
16697
1 daqiqa o‘qiladi
Ispaniya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Foto: Getty Images
Luis Enrike Ispaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo‘ldi.
Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi mutaxassis bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Luis Enrike «Qizil furiya»ni Yevro-2020 musobaqasiga tayyorlaydigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2018 musobaqasidan oldin Ispaniya terma jamoasini Xulen Lopetegi tark etgan edi. Uning o‘rnida vaqtincha ishlagan Fernando Yyerro bilan ispaniyaliklar 1/8 finalgacha yetib borishdi.