O‘zbekiston delegatsiyasi Belarus AES qurilishi tajribasini o‘rgandi

Foto: Belorussiya energetika vazirligi
O‘zbekiston hukumati vakillari Belarusda yangi AES qurilishi bilan tanishdi. 2018 yil 4 iyul kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Alisher Sultonov rahbarligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Belarus AES qurilish maydonida bo‘ldi. Belarus energetika vazirligi axborot xizmati shu haqda xabar qilmoqda.
Mehmonlar atom elektrstansiyasining axborot markaziga tashrif buyurishgan, Ostrovets shahri infratuzilmasi, o‘quv-mashg‘ulot markazi faoliyati bilan tanishishdi. Bundan tashqari, AES qurilishi jarayonini ham o‘rganishgan.
Tashrifning yakuniy qismida muzokaralar bo‘lib o‘tib, unda Belarus yadro energetikasi dasturini hayotga tatbiq etish va AES qurilishi tajribasi haqida ma'lumotlar olindi. O‘zbekistonda AES qurishga qaror qilingani munosabati bilan Belarusning bu boradagi tajribasi dolzarblik kasb etadi.
Mavzuga oid

09:25 / 05.07.2025
Zaporijjya AESda Rossiya zarbasi tufayli blekaut yuz berdi

21:30 / 02.07.2025
Bokuda 8,5 gektar maydonda «O‘zbekiston» bog‘i barpo etiladi

13:00 / 30.06.2025
Vengriya TIV: AQSh Rossiya bilan AES qurishga to‘sqinlik qilgan sanksiyalarni olib tashladi

12:58 / 26.06.2025