Mirziyoyev o‘zbek-tojik chegarasi bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zbek-tojik chegarasining alohida hududlari bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi.
Ushbu qonun may oyi oxirida qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan, iyun oyi oxirida Senat tomonidan ma’qullangandi. Ushbu kelishuv 9 mart kuni Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi doirasida Dushanbeda ikki davlat rahbarlari tomonidan imzolangandi.
Ushbu hujjat ikki davlatning 192 kilometrlik umumiy chegaralarini demarkatsiya va delimitatsiya qilishni qamrab olgan. Bugungi kunda ikki davlat chegarasida faqat bitta uchastkaning maqomi noaniq bo‘lib qolmoqda - bu O‘zbekistonning Sirdaryo viloyati va Tojikistonning So‘g‘d viloyati tutashgan nuqtada, Farhod GES to‘g‘oni joylashgan hududdadir.
Tojikiston Yer resurslari va geodeziya bo‘yicha davlat qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, tojik-o‘zbek chegarasining uzunligi 1332 km.ga teng. Umumiy uzunlikdan 105 kilometri daryo orqali o‘tsa, quruqlikdagisi - 1227 km.
Mavzuga oid

10:12
Markaziy Osiyo xavfsizlik kengashlari rahbarlari terrorizmga qarshi kurashni muhokama qildi

22:01 / 17.04.2025
“Markaziy Osiyo kuchliroq va farovonroq bo‘lishini istaymiz” - YeI elchisi bilan eksklyuziv intervyu

20:36 / 15.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?

19:45 / 15.04.2025