20:54 / 03.07.2018
7421

JCh-2018. Shvetsiya yagona gol evaziga Shveytsariyani yengdi

Rossiyada jahon chempionati pley-off o‘yinlari davom etmoqda.

1/8 finalda Shvetsiya va Shveytsariya terma jamoalari bellashdi. O‘yin taqdirini 2-bo‘limda urilgan yagona gol hal qildi.

66-daqiqada Forsberg jarima maydoni tashqarisidan zarba yo‘llaganida, himoyachi Akanji to‘pni qaytaraman deb, o‘z darvozasiga to‘g‘irlab qo‘ydi.

Shvetsiya terma jamoasi chorakfinalda Kolumbiya - Angliya o‘yini g‘olibi bilan bellashadi.

JCh-2018, 1/8 final
Shvetsiya – Shveytsariya 1:0 
3 iyul, Sankt-Peterburg, «Krestovskiy» stadioni
Gol: 1:0 – 66 Forsberg. 
Shvetsiya – Olsen, Lindelef, Augustinsson, Lyustig (Kraft, 82), Grankvist, Klasson, Svensson, Ekdal, Forsberg (Olsson, 82), Berg (Telin, 90), Toyvonen.
Shveytsariya – Zommer, Juru, Rodriges, Lang, Akanji, Bexrami, Chaka, Jyemaili (Seferovich, 73), Shakiri, Tsuber (Embolo, 73), Drmich.
Ogohlantirishlar: Lyustig (31), Bexrami (61), Chaka (68).
Chetlatish: Lang (90+3)

Mavzu
Rossiya mundiali

2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11ta shahrida 12ta stadionda JCh-2018 bo‘lib o‘tadi. Rossiya ilk bor mundialga mezbonlik qilmoqda.

Barchasi
Mavzuga oid
Top