Ronaldu, Messi, Neymar. JCh-2018 finalida ular o‘rtasidagi duelni ko‘rmaymiz

Foto: Mundo ESPN
2018 yilgi jahon chempionati 1/8 finaliga chiqqan yana 4 terma jamoa nomi ma'lum bo‘ldi. Ular Shvetsiya, Meksika, Braziliya hamda Shveytsariya.
Braziliya hamda Meksika Urugvay, Portugaliya, Fransiya va Argentina terma jamoalar bilan birga "setka"ning birinchi qismidan o‘rin oldi. Shvetsiya hamda Shveytsariya esa Ispaniya, Rossiya, Xorvatiya hamda Daniya terma jamoalari bilan ikkinchi tomonda joylashdi.
Shu tariqa, yulduzli duel jahon chempionati finaliga qadar yuz beradi:
portugaliyalik Krishtianu Ronaldu argentinalik Lionel Messi bilan 1/4 finalda,
Ronaldu braziliyalik Neymarga qarshi 1/2 finalda
yoki Messi Neymarga qarshi 1/2 finalda (bu futbolchilarning terma jamoalari o‘z raqiblarini mag‘lub etsa) duch kelishi mumkin.
Mavzuga oid

14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi

19:54 / 12.02.2025
Neymar yana «Santos»da: futbol nihoyat boylikni yengdi

22:32 / 31.01.2025
Braziliyaning «Santos» klubi Neymar qaytganini e’lon qildi

15:28 / 30.01.2025