Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shengen vizasi qanchaga qimmatlashishi ma'lum bo‘ldi

Foto: Shutterstock
Yevropa Ittifoqi Kengashi Shengen vizalari narxini oshirishni ma'qulladi. Kengash tashabbusi bilan viza narxi 60 yevrodan 80 yevrogacha oshirilishi kerak. Bu haqda RBK xabar bermoqda.
Ma'lumki, Yevropa Ittifoqi Shengen kodeksini isloh qilish bo‘yicha birinchi qadamlarni qo‘ydi: YeI elchilari Yevroittifoq Kengashi nomidan Yevroparlament bilan viza kodeksiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun mandatni ma'qullashdi. Keyinchalik, bu o‘zgarishlarni Yevroparlament YeI Kengashi bilan birgalikda ko‘rib chiqishi kerak. Avvalroq, viza narxining ko‘tarilishi haqida Yevrokomissiya xabar bergandi.
Bundan tashqari, tashabbus vizani onlayn olish uchun blankalarni to‘ldirish va imzolash shakli imkoniyatini nazarda tutadi. Bunday imkoniyat «agar ariza beruvchi Yevropaning bir necha davlatlariga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan bo‘lsa, YeIga a'zo bo‘lgan qaysi mamlakat arizani ko‘rib chiqishga vakolatli ekanligini aniqroq aniqlaydi».
Amaldagi Shengen kodeksi 2010 yilda kuchga kirgan. Ushbu hujjat YeIga qisqa muddatli vizalar berish va arizalarni ko‘rib chiqish qoidalarni qamrab oladi, ya'ni YeI mamlakatlari hududida 180 kun davomida 90 kundan ortiq bo‘lmaganda muddat bo‘lish uchun beriluvchi vizalarni.
Mavzuga oid

16:27 / 10.07.2025
O‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshgani ma’lum bo‘ldi

13:35 / 01.07.2025
Yevroittifoq Ukraina uchun agromahsulotlar importini yengillashtiradi

10:14 / 20.06.2025
Yevroittifoq Bolgariyani yevrohududga qabul qilishni tavsiya etdi

11:22 / 17.06.2025