Yevropa AQSh bojlariga javob qaytardi

Foto: REUTERS/Francois Lenoir
Yevrokomissiya AQSh tomonidan Yevropa po‘lat va alyuminiysiga bojlar joriy etilishi bo‘yicha javob choralariga oid bir qarorga keldi. Bu haqda YeK saytida xabar qilingan.
Aniqlik kiritilishicha, javob choralari AQShning qiymati 2,8 mlrd dollarlik tovarlarini qamrab oladi. Cheklovlar juma, 22 iyundan kuchga kiradi.
«YeIning muvozanatlashtiruvchi choralari AQSh bojlarni bekor qilmaguniga qadar amal qiladi. Bu JST kelishuvlari va YeI qonunchiligiga muvofiq ro‘y beradi», - deya ma'lum qilishgan YeKdan.
YeI Amerika guruchi, apelsin sharbati, yer yong‘oq moyi, tamaki mahsulotlari va turli kiyim-kechaklarga 25 foizlik bojlar joriy etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp har doim savdo urushini xohlagani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

08:59
Fuqaroni 30 ming dollar evaziga AQShga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

01:09
NYT: Trampning oilasi aprel oyida kamida 2 mlrd dollarga boyidi

22:25 / 14.05.2025
Tramp Qatar bilan 1,2 trln dollarlik iqtisodiy hamkorlik bitimini tuzdi

22:15 / 14.05.2025