07:30 / 18.06.2018
25685

Meksikalik ishqibozlarning golni nishonlashi yer silkinishiga sabab bo‘ldi

Foto: Anthony Vazquez / AP

Meksikalik ishqibozlar Irving Losanoning Germaniya terma jamoasi darvozasiga kiritgan golini katta shovqin-suron bilan nishonlashdi. U «atsteklarga» JCh-2018 birinchi turida g‘alaba keltirdi.

«R-Sport»ning yozishicha, seysmologlar Mexikoda Losano to‘p urgan paytda sun'iy zilzilani qayd etishgan. «Yer silkinishi sun'iy tabiatga ega bo‘ldi. Ehtimol, Meksikaning jahon chempionatidagi goli vaqtida ommaviy sakrashlar yuz bergani tufaylidir. Shahardagi kamida ikkita datchik soat 11dan 32 daqiqa o‘tganida uni qayd etgan», - deya xabar berishdi SIMMSA yer silkinishlari monitoringi tarmog‘idan.

Meksikalik seysmologlar ma'lumoti Chilidan bo‘lgan mutaxassislar tomonidan ham tasdiqlandi. 

Ma'lumot uchun, Mexikodagi Sokalo markaziy maydoniga Germaniya bilan o‘yinni tomosha qilish uchun 75 ming kishi to‘plandi.

Mavzu
Rossiya mundiali

2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11ta shahrida 12ta stadionda JCh-2018 bo‘lib o‘tadi. Rossiya ilk bor mundialga mezbonlik qilmoqda.

Barchasi
Top