13:59 / 18.06.2018
18608

Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi tarkibdan chetlatildi

Zlatko Dalich boshchiligidagi Xorvatiya terma jamoasi murabbiylar shtabi hujumchi Nikola Kalinichni tarkibdan chetlatgan va vatanga qaytarib yuborgan. Bu haqda 24sata xabar tarqatdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, ushbu 30 yoshli futbolchi guruh bosqichi doirasida Nigeriyaga qarshi kechgan (2:0) birinchi o‘yin vaqtida zaxiradan maydonga tushishni istamagandi.

Manbaning qayd etishicha, Dalich Nigeriyaga qarshi o‘yin yakunlanishiga 5 daqiqa qolganida Kalinichdan Mario Manjukich o‘rniga maydonga tushishni so‘ragan, ammo forvard beli og‘riyotganini aytib, o‘yinga qo‘shilishdan bosh tortgan. Natijada Manjukichni Marko Pyatsa almashtirgan.

JCh-2018 turniri 15 iyulga qadar davom etadi. D guruhidan o‘rin olgan Xorvatiya keyingi turlarda Argentina (21 iyun, Nijniy Novgorod) va Islandiya (26 iyun, Rostov) terma jamoalariga qarshi o‘ynaydi.

Mavzu
Rossiya mundiali

2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11ta shahrida 12ta stadionda JCh-2018 bo‘lib o‘tadi. Rossiya ilk bor mundialga mezbonlik qilmoqda.

Barchasi
Mavzuga oid
Top