21:02 / 17.06.2018
15837

JCh-2018. Janubiy koreyalik futbolchilar raqibni chalg‘itish yo‘lini topishdi

Janubiy Koreya terma jamoasi futbolchilari mashg‘ulotlar vaqtida raqamlarini almashtirib olishdi. Bu orqali ular jahon chempionati guruh bosqichidagi ilk raqiblari bo‘lmish Shvetsiya terma jamoasi futbolchilarini chalg‘itishni maqsad qilishgandi.

«Yevropa jamoalari bizni kuzatishi tufayli shunday qarorga keldik. Shvedlarni adashtirishni istadik», deya koreyslar bosh murabbiyi Sin Txeyenning so‘zlarini keltiradi «R-Sport».

Bundan avvalroq Shvetsiyadagi nashrlar milliy terma jamoa bosh murabbiyi yordamchisi Lasse Yakobsson Janubiy Koreyaning Avstriyadagi mashg‘ulotlarini kuzatish uchun maydon yaqinidagi uydan foydalangani haqida yozgandi. U Shvetsiyaning Rossiyadagi chempionatdagi ilk raqibi o‘yinlarini baland qavatli uydan turib o‘rgangan. Keyinroq terma jamoa bosh murabbiyi Yanne Andersson bu ish uchun uzr so‘ragan, koreyslar terma jamoasi mashg‘ulotlari yopiq tarzda o‘tkazilganidan bexabarligini aytgandi.

Shvetsiya-Janubiy Koreya uchrashuvi 18 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi. Guruhning yana bir juftligi Germaniya va Meksika ayni damda birinchi tur uchrashuvini o‘tkazishmoqda.

Mavzu
Rossiya mundiali

2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11ta shahrida 12ta stadionda JCh-2018 bo‘lib o‘tadi. Rossiya ilk bor mundialga mezbonlik qilmoqda.

Barchasi
Top