23:43 / 16.06.2018
7406

Peru – Daniya: Yusuf Poulsen - o‘yinning eng yaxshi futbolchisi

Daniya terma jamoasi hujumchisi Yusuf Poulsen Peruga qarshi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.

Saranskdagi «Mordoviya Arena» stadionida o‘tkazilgan bahs 1:0 hisobidagi daniyaliklar g‘alabasi bilan tugadi. Yagona gol aynan Poulsen hisobiga yozildi.

Guruh bosqichining 2-turi 21 iyun kuni o‘tkaziladi. Unda Fransiya Peruga qarshi o‘ynaydi, Daniya esa Avstraliya bilan bellashadi.

Mavzu
Rossiya mundiali

2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11ta shahrida 12ta stadionda JCh-2018 bo‘lib o‘tadi. Rossiya ilk bor mundialga mezbonlik qilmoqda.

Barchasi
Top