22:05 / 14.06.2018
25294

JCh-2018. Rossiya ilk o‘yinda Saudiya Arabistonini tor-mor etdi

Rossiyada jahon chempionati o‘yinlari start oldi.

«A» guruhining dastlabki bahsida Rossiya va Saudiya Arabistoni bellashdi. Mezbonlar o‘yinda tashabbusga ega bo‘lib, raqib darvozasiga javobsiz 5ta gol yo‘llashga muvaffaq bo‘lishdi.

Guruhning yana bir o‘yinida 15 iyun kuni Misr va Urugvay bellashadi.

JCh-2018, A guruhi
Rossiya – Saudiya Arabistoni - 5:0
14 iyun, Moskva, «Lujniki» stadioni
Gollar: 1:0 – 12 Gazinskiy, 2:0 – 43 Cherishev, 3:0 – 71 Dzyuba, 4:0 – 90 Cherishev, 5:0 – 90+2 Golovin. 
Rossiya – Akinfeyev, Ignashevich, Kutepov, Fernandes, Jirkov, Golovin, Gazinskiy, Samedov (Kuzyayev, 64), Zobnin, Dzagoyev (Cherishev, 24), Smolov (Dzyuba, 70).
Saudiya Arabistoni – Al-Mayuf, Xavsavi, Al-Shaxrani, Al-Breyk, Xavsavi, Al-Jasim, Otayf (Al-Muvallad, 64), Ash-Shexri (Baxebri, 74), Al-Dosari, Al-Faraj, As-Saxlavi (Asseri, 85).
Ogohlantirishlar: Golovin (88), Al-Jassim (90).

Mavzu
Rossiya mundiali

2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11ta shahrida 12ta stadionda JCh-2018 bo‘lib o‘tadi. Rossiya ilk bor mundialga mezbonlik qilmoqda.

Barchasi
Top