Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bu video 10 yilcha oldin olingan». Vazirlik o‘qituvchiga pul sochgan talabalar videosiga munosabat bildirdi
Shu haftada internetda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari o‘qituvchi ustidan pul sochib, uni mazax qilgani tasvirlangan video tarqaldi. Rolik ijtimoiy tarmoqda katta munozaralarga sabab bo‘ldi.
Videoda dars vaqtida talabalar o‘qituvchining ustidan dollar sochib, milliy qo‘shiqlardan biriga raqsga tushishni taklif etadi.
«Nuz.uz» nashri ushbu Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan bog‘lanib, ushbu videoga izoh so‘ragan. Vazirlik matbuot xizmati vakili esa ushbu video taxminan o‘n yilcha oldin olinganini ma'lum qilgan.
«Ha, shunday bo‘lgan, yoshlarimiz Iqtisodiyot universiteti o‘qituvchisini mazax qilishga urinib ko‘rgan edi. Ammo bu o‘n yilcha oldin ro‘y bergan. Aniq ayta olmayman, 8-10 yillar oldin. O‘shanda bu voqea ishtirokchilarining barchasi jazosini olgandi», degan vazirlik matbuot kotibi Marat Zokirov.
Qayd etish kerakki, YouTube portaliga ham ushbu video 2010 yili joylashtirilgan.

Mavzuga oid

09:12 / 12.07.2025
Iqtisodiyot universitetining kafedra o‘qituvchisi 4 ming dollar bilan ushlandi

17:14 / 11.06.2025
Imtihon javoblarini 5 ming so‘mdan sotgan maktab o‘qituvchisi ishdan olindi, direktorga esa ta’sir chorasi qo‘llandi

15:31 / 03.06.2025
Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktabga ishga kirish uchun nima qilish kerak?

20:08 / 23.05.2025