19:42 / 04.06.2018
6711

Marokash terma jamoasi JCh-2018 uchun yakuniy tarkibni e'lon qildi

Foto: Getty Images

Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Erve Renar jahon chempionatida ishtirok etadigan 23 nafar futbolchi ro‘yxatini e'lon qildi.

Tarkib quyidagicha: 

Darvozabonlar: Munir Muhammadiy («Numansiya»), Yasin Bunu («Jirona»), Ahmad Tanyautiy («Ittihod Tanjyer»);

Himoyachilar: Mehdiy Benatiya («Yuventus»), Romen Saiss («Vulverhempton»), Manuel da Koshta («Istanbul BB»), Ashraf Hakimiy («Real»), Nabil Diror («Fenerbaxche»), Hamza Mendil («Lill»);

Yarimhimoyachilar: Yusuf Ait-Bennasser («Kan»), Mehdiy Karsela-Gonsales («Standard»), Karim El-Ahmadiy, Sufyon Amrabat (har ikkalasi – «Feyyenoord»), Yunus Belxanda («Galatasaroy»), Hakim Ziyesh («Ayaks»), Fesal Fajr («Xetafe»), Nordin Amrabat («Leganes»), Muborak Bussufa («Al-Jazira»), Amin Xarit («Shalke»);

Hujumchilar: Yusuf An-Nosiriy («Malaga»), Aziz Buxadduz («Sankt-Pauli»), Xalid Butaib («Yeni Malatyaspor»), Ayub el-Kaabiy («Renessans Berkan»).

Marokash terma jamoasi JCh-2018 guruh bosqichida Ispaniya, Portugaliya va Eron bilan bellashadi.

Mavzu
Rossiya mundiali

2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11ta shahrida 12ta stadionda JCh-2018 bo‘lib o‘tadi. Rossiya ilk bor mundialga mezbonlik qilmoqda.

Barchasi
Mavzuga oid
Top