O‘zbekistonda Ravon brendi ostidagi mashinalar sotila boshlandi

foto Ravon
O‘zbekistonda Ravon brendi ostidagi chiqariladigan mashinalar sotila boshlandi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” boshqaruv raisi Umidjon Salimov ma'lum qildi.
Asakadagi GM Uzbekistan zavodi Ravon brendi ostidagi mashinalarni 2015 yildan ishlab chiqara boshlagan.
31 may kuni General Motors Asaka zavodidagi o‘z ulushini to‘liq sotib yuborishi ma'lum bo‘ldi. Salimovning aytishicha, aksiyalarni sotib olish deyarli yakunlangan. AQSh kompaniyasi yil oxirigacha qolgan 10 foiz aksiyani sotadi.
GM O‘zbekistondan ketishiga qaramasdan, “texnik yordam shartlarida” ishlashni davom ettiradi va “O‘zavtosanoat” AQSh markasini saqlab qolishi mumkin.
“O‘zavtosanoat” parallel ravishda Toshkentdagi GM Powertrain Uzbekistan korxonasi aksiyalarini sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
“Yaqin uch oyda muzokaralar jarayoni yakunlanadi, so‘ngra aksiyalarni sotib olishni boshlaymiz”, deb qo‘shimcha qilgan Salimov.
Mavzuga oid

13:39 / 02.06.2025
O‘zbekiston universitetlariga Britaniyadan professor-o‘qituvchilar jalb qilinadi

19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi

14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi

22:24 / 12.05.2025