Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
47-qavatdan 380 kilogrammlik oynaning pastga tushib ketishi videoda qayd qilindi
Internetda Moskvadagi “Vell Xaus” turar-joy majmuasi tomidan olingan video paydo bo‘ldi. Videoda majmuaning 47-qavatidan deyarli 400 kg keluvchi oynaning pastga tushib ketishi tasvirlangan.
Voqea oyna kran yordamida yuqoriga ko‘tarilayotganda yuz bergan.
“Tomda o‘rnatilgan kran yordamida oynani ko‘tarayotgan edik. Kran 500 kg gacha yuk ko‘tara oladi, oynaning og‘irligi 380 kg ni tashkil qiladi va yana qo‘shimcha 45 kg keladigan so‘rg‘ich. Biz tomondan xatoga yo‘l qo‘yilmagan, kran qo‘shimcha yuklar bilan kuchaytirilgan, tros ko‘zdan kechirilganda shikastlanishlar aniqlanmagan. Oyna po‘lat trosning uzilishi hisobiga tushib ketgan va ko‘plab vayronalarga olib keldi”, deb aytilgan videoda.
Videoda oyna bir necha o‘n metrga pastga tushib ketib, so‘ngra uy devoriga urilib, chil-chil bo‘lib ketganini ko‘rish mumkin.

Rolik muallifining ta'kidlashicha, hech kimga shikast yetmagan. Ishchilar binoning fasadini tiklash ishlarini olib borishmoqda.
Mavzuga oid

21:28 / 02.07.2025
Moskva markazida ichida FSB veteranlari bo‘lgan mashina portlab ketdi

12:36 / 14.06.2025
Moskva 1200 nafar Ukraina fuqarosining jasadini Kiyevga topshirdi

22:14 / 09.06.2025
Moskva va Pxenyan o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri temiryo‘l qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

19:46 / 09.06.2025