Turkiya Isroil elchisiga mamlakatni tark etishni taklif qildi
Anqara Isroil elchisiga Turkiyani tark etishni taklif qildi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi vakiliga iqtibos keltirgan holda “RIA Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.
Avvalroq Turkiya Isroildagi elchisi ortga chaqirtirilishini ma'lum qilgandi. Isroil va bir qator musulmon davlatlarning munosabatlari G‘azo sektoridagi to‘qnashuvlar oqibatida yomonlashdi. To‘qnashuvlarga AQSh elchixonasining Al-Qudsga ko‘chirilishi sabab bo‘lgan.

Isroillik harbiylar elchixonaning ko‘chirilishiga qarshi chiqayotgan falastinliklarni o‘qqa tutmoqda. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvlar oqibatida 61 falastinlik halok bo‘lgan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Isroilning G‘azodagi harakatlarini genotsid deb atagan.

Mavzuga oid

22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi

19:16 / 07.06.2025
Turkiyada qurbonlik qilish chog‘ida 14 ming kishi jarohat oldi

15:21 / 06.06.2025
Germaniyada faollar Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatishni talab qildi

15:00 / 05.06.2025