Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy «o‘layotgan» Makkeynning ustidan kulgan maslahatchi ishdan bo‘shatilmasligini bildirdi

Foto: REUTERS/MIKE THEILER
Oq uy rasmiy vakili Sara Sandersning ma'lum qilishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning maslahatchisi, «o‘layotgan» senator Jon Makkeyn haqida hazil qilgan Kelli Sedler ishdan bo‘shatilmagan. Bu haqda CBS News xabar bermoqda.
«Men Oq uy xodimlarining ichki yig‘ilishiga izoh bermayman», - dedi Sanders. Biroq, uning ta'kidlashicha, Sedler prezidentlik ma'muriyatida ishlashda davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Trampning maslahatchisi Kelli Sedler «o‘layotgan» senator Jon Makkeyn haqida hazil qilgani va ko‘pchilikning g‘azabini keltirib chiqargani xabar berilgandi.
Mavzuga oid

20:02
AQSh va Xitoy vakillari BMT Xavfsizlik Kengashida Ukraina bo‘yicha janjallashdi

19:00
Amerika vizasini olish nafaqat qiyin, endi qimmat ham

18:34
AQSh Venesuela prezidenti Maduroni narkokartel rahbari deb atadi

12:56